Skip to content

FOM dasturlarini ishda o‘zlashtirish tartibi

Bu sahifa nima uchun kerak?

Ushbu sahifa yangi yoki amaldagi xodim FOM dasturlarini dorixona kundalik ishida to‘g‘ri ishlatishni o‘zlashtirishi uchun kerak.
Bu yerda xodim qaysi dasturiy ko‘nikmalarni o‘rganishi, qaysi ish jarayonida qaysi FOM dasturidan foydalanishi va qaysi vazifalarni mustaqil bajara olishi kerakligi ko‘rsatiladi.
Maqsad — xodim FOM dasturlarini faqat “ko‘rib chiqmasin”, balki ularni real ish vositasi sifatida ishlata olsin.
Bu sahifa quyidagi holatlarda ishlatiladi:
yangi xodimga FOM dasturlarini o‘rgatishda;
amaldagi xodimning dastur bilan ishlash ko‘nikmalarini tekshirishda;
xodim qaysi vazifani mustaqil bajara olishini aniqlashda;
attestatsiya yoki qayta o‘qitish oldidan bilimdagi bo‘shliqlarni ko‘rishda;
mudir yoki instruktor uchun o‘qitish jarayonini nazorat qilishda.
Muhim: bu sahifa umumiy HR-moslashuv haqida emas. Bu sahifa xodimning FOM dasturlarini ish jarayonida o‘zlashtirishi haqida.

Kimlar foydalanadi?

Bu sahifadan odatda quyidagilar foydalanadi:
dorixona mudiri;
instruktor;
katta farmatsevt;
kurator;
dorixona egasi yoki rahbar;
FOM dasturlarini o‘rganayotgan xodimning o‘zi.
Kichik dorixonalarda bu jarayonni mudir yoki tajribali xodim kuzatib borishi mumkin.
Tarmoqli dorixonalarda esa instruktor, kurator yoki filial bo‘yicha mas’ul xodimning FOM dasturlarini qanchalik o‘zlashtirganini tekshirishi mumkin.

Qanday foydalaniladi?

Avval xodimning roli aniqlanadi. Masalan: farmatsevt, provizor, omborchi, ta’minotchi, mudir yoki boshqa rol.
Shu rol kundalik ishda qaysi FOM dasturlaridan foydalanishi aniqlanadi.
Jadvaldan shu rolga mos ko‘nikmalar tanlanadi.
Har bir ko‘nikma bo‘yicha xodimga tushuntirish beriladi.
Xodim vazifani dasturda amalda bajarib ko‘radi.
Mudir yoki instruktor xodim bu vazifani mustaqil bajara olayotganini tekshiradi.
Qiyin bo‘lgan mavzular bo‘yicha qayta o‘qitish belgilanadi.
O‘zlashtirish yakunida xodim qaysi FOM dasturida qaysi vazifani mustaqil bajara olishi aniq ko‘rinishi kerak.

O‘zlashtirish jadvali

Quyidagi jadval xodimning FOM dasturlarini ishda o‘zlashtirishini kuzatish uchun ishlatiladi.
Jadvalda quyidagilar ko‘rsatiladi:
xodim qaysi ish jarayonida ishlaydi;
qaysi rol uchun ko‘nikma kerak;
xodim dasturda nimani bajara olishi kerak;
ko‘nikmaning muhimlik darajasi;
hozirgi o‘zlashtirish holati;
qayerdan o‘rganish mumkinligi.
Ish jarayoni
Ko‘nikma / malaka
Lavozim / rol
Daraja
Holat
Qayerdan o‘rganish mumkin
4
O‘z lavozimi, vazifasi va mas’uliyatini tushunadi
Dorixona xodimlari uchun
O‘z login va paroli bilan kerakli dasturga kira oladi
FOM dorixona dasturlari
Dastur interfeysida asosiy bo‘limlarni topa oladi
FOM dorixona dasturlari
Bilimlar bazasidan kerakli ma’lumotni topa oladi
Bosh sahifa
9
F-Kassa’da smenani ocha va yopa oladi
F-Kassa nima?
Savdoni F-Kassa’da to‘g‘ri rasmiylashtira oladi
F-Kassa yo‘riqnomasi
Turli to‘lov turlarini qabul qila oladi
F-Kassa yo‘riqnomasi
Fiskal chek bera oladi
F-Kassa yo‘riqnomasi
2D skaner orqali DataMatrix / markirovka kodini o‘qita oladi
Markirovka bo‘yicha yo‘riqnoma
Xaridor so‘ragan dori vositasini dasturdan tez topa oladi
F-Kassa / F-Apteka
Dorixonada yo‘q dori vositasini qayd qila oladi
Defektura / yo‘q tovarlar
Xaridorga ichki tartib va qonunchilikka mos maslahat bera oladi
Sotuv va xizmat
Mos qo‘shimcha tovarlarni ehtiyotkor va to‘g‘ri taklif qila oladi
Sotuv va xizmat
5
Tovar kirimini F-Apteka’da to‘g‘ri rasmiylashtira oladi
F-Apteka yo‘riqnomalari
Dori kartochkalarini adashtirmasdan yurita oladi
F-Apteka
Tovarni hisobdan chiqarish tartibini biladi
Qoldiq va hisob
Yetkazib beruvchiga qaytarish hujjatini rasmiylashtira oladi
F-Apteka / tovar harakati
Inventarizatsiya jarayonida qatnasha oladi
F-Inventory
5
F-Summary orqali yetkazib beruvchi narxlarini solishtira oladi
F-Summary nima?
Xarid uchun ro‘yxat shakllantira oladi
F-Summary
“Ehtiyoj” qanday hisoblanishini tushunadi
F-Summary
Sekin sotiladigan va likvid bo‘lmagan tovarlarni aniqlay oladi
Assortiment va xarid
TOP-500 yoki mavsumiy talab bo‘yicha tahlil qila oladi
F-Summary / ArzonApteka
5
Tovar narxini qayta ko‘rib chiqish jarayonini tushunadi
Narx va marjinallik
Kirim narxi, sotuv narxi, ustama va marja farqini tushunadi
Dorixona foydasi nimaga bog‘liq?
Chegirmalar foydaga qanday ta’sir qilishini tushunadi
Narx va marjinallik
Referent narxlar bo‘yicha ehtiyotkor ishlash kerakligini biladi
Narx va marjinallik
Datfo, ribeyt yoki back-marja ma’nosini tushunadi
Datfo nima? / Ma’lumotnoma va lug‘at
6
Foydalanuvchi akkauntini yaratish tartibini biladi
F-Apteka / F-Global
Xodimga kerakli kirish huquqlarini berishni biladi
F-Apteka / F-Global
Hammani administrator qilib qo‘ymaslik kerakligini tushunadi
Xodimlar va motivatsiya
Xodimlar bo‘yicha savdo natijalarini ko‘ra oladi
F-Analytics / F-Employees
Aksiya va bonuslar natijasini kuzata oladi
F-Employees
Filiallar yoki xodimlar natijasini solishtira oladi
F-Analytics / F-Global
3
Dorixona foydasi nimaga bog‘liqligini tushunadi
Dorixona foydasi nimaga bog‘liq?
Dorixona holatini tezkor baholashni o‘tkaza oladi
Dorixona holatini tezkor baholash
Qaysi jarayonni birinchi yaxshilash kerakligini aniqlay oladi
Dorixonaning asosiy ish jarayonlari
Bu jadvalni dorixona ehtiyojiga qarab kengaytirish yoki qisqartirish mumkin.
Masalan, agar xodim faqat F-Kassa bilan ishlasa, avval savdo, chek, to‘lov va markirovka bo‘yicha ko‘nikmalar tekshiriladi. Agar xodim F-Summary bilan ishlasa, xarid, narx solishtirish va buyurtma bo‘yicha ko‘nikmalar qo‘shiladi.
Want to print your doc?
This is not the way.
Try clicking the ··· in the right corner or using a keyboard shortcut (
CtrlP
) instead.