🏥 F-Apteka: FOM.UZ bazasi bilan ishlash bo'yicha
TO'LIQ QO'LLANMA
Mahsulotlarni (lokal ma’lumotnoma) FOM.UZ bazasiga bog‘lash — bu dorixona biznesini avtomatlashtirish va davlat hamda tijorat platformalari bilan to‘g‘ri ishlashning muhim asosidir.
💡 Nega mahsulotlarni FOM.UZ ga bog‘lash muhim?
Soliq hisobotlari: Yagona bazaga bog‘lash IKPU (MXIK) kodlarining to‘g‘ri qo‘yilishini ta’minlaydi.
Avtomatlashtirish: Har bir pozitsiya uchun kodlarni qo‘lda qidirish va kiritish shart bo‘lmaydi. Xatarlarni oldini olish: Inson omili bilan bog‘liq xatolar kamayadi, bu esa soliq organlari tomonidan jarima yoki cheklarning bloklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini oladi. Dolzarblik: Tizim kodlarni qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlarga muvofiq tarzda avtomatik ravishda yangilab boradi.
Raqamli ekotizimda mavjudlik: Mahsulotlaringiz ArzonApteka ilovasi orqali foydalanuvchilarga ko‘rinadigan bo‘ladi.
To‘g‘ri ko‘rsatilish: Xaridorlar dorilarning to‘g‘ri nomi, dozasi va ishlab chiqarilish shaklini ko‘radi, bu esa dorixonangizga bo‘lgan ishonchni oshiradi. Savdo o‘sishi: Faqat bazaga bog‘langan mahsulotlargina qidiruvda qatnashadi va yakuniy foydalanuvchi uchun natijalarda ko‘rinadi. Bron qilish: Xaridorlar dorilarni dorixonangizda onlayn bron qilishi mumkin. Yetkazib berish: Yetkazib berish bo’yicha hamkor bilan ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa yuqori raqobat sharoitida sodiq mijozlarni ushlab qolish uchun juda muhim. 📦 1-QADAM: Yangi dori vositasini to'g'ri ulash
Yangi dori kelganda va unga kartochka ochilayotganda, quyidagi amallarni bajaring:
Ma'lumotlarni kiritish: Dori nomi, dozasi, qadog'i (masalan: №20 yoki 10ml) va ishlab chiqaruvchi zavodni aniq yozing.
Kitobchani bosish: Oynadagi "Fom.uz" yozuvi ro'parasida joylashgan Kitobcha belgisini bosing.
✅ To'g'ri variantni tanlash: Ochilgan ro'yxatda FOM.UZ bazasidagi nomlar chiqadi.
Doringizning qadog'i va ishlab chiqaruvchi zavodiga qarab, eng mosini tanlang.
Tasdiqlash: Kerakli qatorni tanlab, Enter tugmasini bosing. Shunda pastdagi qatorlarda MXIK kodlari o'z-o'zidan to'ldiriladi.
🕵️♂️ 2-QADAM: Dori qidiruvda chiqmasa, nima qilish kerak?
Ba'zida dori nomini yozganingizda tizim uni topa olmaydi. Bunga bir nechta sabablar bo'lishi mumkin:
Imlo xatolarini tekshiring: Bitta harf xato yozilsa ham dori chiqmaydi.
Masalan, yumshatish belgisi ("ь") tushib qolishi: (Xato: Албендазол ❌ | To'g'ri: Альбендазол ✅).
Zavodlar juda ko'p bo'lsa (F3 Filtri): Ommabop dorilarda o'nlab zavodlar ro'yxati chiqadi. Kerakli zavodni tez topish uchun ro'yxat ustida Sichqonchaning o'ng tugmasini bosing ➝ Фильтр (F3) ni tanlang ➝ Qidiruv darchasiga zavod nomini (masalan: Navbahor) yozing ➝ OK. Shunda faqat shu zavod dorilari qoladi.
Zavod nomi bo‘yicha dori vositalarini izlash: Amerika yoki Yevropada ishlab chiqarilgan vitaminlar va biologik faol qo‘shimchalar (masalan: Swanson) FOM.UZ bazasida boshqacha nom bilan ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Bunday holatda quyidagi amallarni bajaring:
Qidiruv satridan dori nomini o‘chirib tashlang. Faqat zavod nomini (ishlab chiqaruvchini) kiriting va Enter tugmasini bosing. Shundan so‘ng, ushbu zavodga tegishli barcha mahsulotlar ro‘yxati chiqadi. Ro‘yxat ichidan o‘zingizga kerakli bo‘lgan tovar variantini tanlab oling. ⚠️ 3-QADAM: Xato ulangan dorilarni tekshirish va to'g'irlash
Bitta dorini turli zavodlar ishlab chiqarishi mumkin. Zavodni xato tanlash – MXIK kod xato ketdi degani!
Kassada tekshirish: Savdo oynasida (Касса) dori sotayotganda "FOM.UZ" degan ustunga qarang. Agar siz sotayotgan dori bilan o'sha ustundagi dori nomi yoki zavodi farq qilsa, demak u xato ulangan.
Qanday to'g'rilanadi? Kassaning o'zidan to'g'rilab bo'lmaydi.
F-Apteka Справочник ➡️ Медикаменты bo'limiga kirasiz.
Xato ulangan dori kartochkasini ochib, FOM.UZ qatoridagi Qizil Krestik (❌) ni bosib o'chirasiz va kitobchani qayta bosib to'g'risini ulab qo'yasiz.
🧹 4-QADAM: Ulanmagan dorilarni ommaviy topish (F-Summary)
Dorixonangizda umuman FOM.UZ ga ulanmay qolib ketgan dorilarni birma-bir qidirmasdan, bittada ko'rish usuli:
F-Summary dasturini oching. Tepadagi menyudan Настройка ➡️ 🗂 Реестр в аптеке bo'limiga kiring.
3. Yuqori burchakdagi "Не привязан" (Ulanmagan) galochkasini belgilang.
4. Faqat dorixonada borlarini ko'rish uchun yonidagi "Было в аптеке" (Aptekada bor) galochkasini ham belgilang.
5. Обновить (Yangilash) tugmasini bosing.
6. Ekranda ulanmagan barcha dorilar ro'yxati chiqadi. Ularning ustiga o'ng tugmani bosib, ro'yxatdan FOM.UZ ni tanlab, to'g'ri variantini ulab chiqing.
7. Agar mahsulot nomi va ishlab chiqaruvchi korxona to`g`ri yozilgan bo`lsa AVTOMAT tarzda ulash ham mumkin , qolgan qismi bittalab ulab chiqiladi
🤖 5-QADAM: Dori bazada umuman yo'q bo'lsa
Agar dori tizimda topilmasa, uni Telegramdagi orqali bazaga qo'shtirish kerak. Buning uchun botga quyidagi TINIQ rasmlarni yuborishingiz shart: 📦 Karobkali (qadoqli) dorilar uchun:
Dori qadog'ining oldi (yuz) qismi. Ishlab chiqaruvchi zavod nomi to'liq yozilgan tomoni. Berilish tartibi (Retseptli/Retseptsiz yoki БАД ekanligi) yozilgan tomoni. Shtrix-kodi yoki Markirovka (DataMatrix) kodi joylashgan qismi. Dori ichidagi Qo'llanmasi (Инструкция) to'liq yozilgan holda tekis qilib yozib, 2 tarafi ham rasmga olinadi. 🧴 Banka yoki Flakonlar (Vitaminlar/Sirop) uchun:
Idishni yuz qismidan boshlab aylanib rasmga olinadi (nomi, zavodi, shtrix-kodi tushishi kerak). Agar qutisi yoki alohida qog'oz instruksiyasi bo'lsa, uni ham alohida rasmga oling. 📥 6-QADAM: Botdan so'ng bazani yangilash (Skachat qilish)
Support bot sizga "Doringiz bazaga qo'shildi" deb xabar yozgach, dori o'z-o'zidan sizning kompyuteringizga tushib qolmaydi. Internet orqali bazani yangilashingiz kerak:
F-Apteka dasturida Справочник ➝ Медикаменты bo'limiga kiring. Yuqori paneldagi Pushti rangli "FOM.UZ" (rasm) tugmasini bosing 3. Chiqqan "Маълумотни юклаб олишни хохлайсизми?" oynasida YES tugmasini bosing.
4. Dastur ma'lumotlarni internetdan tortishni boshlaydi (100% gacha to'ladi).
5. Jarayon tugagach, "Обновление прошло успешно!!!" degan oyna chiqadi. OK tugmasini bosing.
✅ Endi boyagi doringizni qidirsangiz, u ro'yxatda bemalol chiqadi va uni biriktirib qo'yishingiz mumkin.
💡 Qo'shimcha maslahat: Ishlab chiqaruvchi zavodlarni adashtirib yubormaslik uchun dori qadog'iga diqqat bilan qarang. Dori 2Distribyutori yoki "Zakazchik" (Buyurtmachi) zavod hisoblanmaydi! Faqat "Производитель" (Ishlab chiqaruvchi) degan yozuvga e'tibor qarating.