Skip to content

F-Summary dasturi bilan ishlash yo‘riqnomasi

This embedded link can't be shown.
Ushbu yo‘riqnoma F-Summary dasturidan birinchi marta foydalanayotgan xodimlar uchun tayyorlangan.
F-Summary yordamida dorixona distribyutorlar prays-listlarini yangilaydi, dorixona ehtiyojini hisoblaydi, narxlarni solishtiradi, mahsulotlarni savatchaga qo‘shadi va buyurtmani shakllantiradi.

1-qadam. Dasturga kirish

Avval F-Summary dasturini kompyuter ishchi stolidagi ikonka orqali oching.
Keyin avtorizatsiya oynasida sizga berilgan login va parolni kiriting.
Bajarish tartibi:
Kompyuter ishchi stolidan F-Summary ikonkasini toping.
Ikonkani ikki marta bosing:
Скриншот 27-01-2026 01.02.49.png
Avtorizatsiya oynasi ochiladi:
Скриншот 27-01-2026 01.04.12.png
4. Login maydoniga loginni kiriting.
5. Parol maydoniga parolni kiriting.
6. “OK” tugmasini bosing.
Agar login yoki parol noto‘g‘ri bo‘lsa, dasturga kirish amalga oshmaydi. Bunday holatda dorixona mudiri, IT mas’ul yoki FOM texnik yordamiga murojaat qiling.

2-qadam. Prays-listlarni yangilash

Distribyutorlar narxlar va ombor qoldiqlarini har kuni o‘zgartirib turishi mumkin. Shuning uchun F-Summary’da ishni boshlashdan oldin prays-listlarni yangilash kerak.
Bajarish tartibi:
Dastur yuqori o‘ng qismidagi “Загрузить” tugmasini bosing:
Скриншот 27-01-2026 01.06.22.png
Dastur distribyutorlardagi yangi narxlar va qoldiq ma’lumotlarini yuklaydi:
Скриншот 27-01-2026 01.08.44.png
Yuklanish tugaguncha kuting:
Скриншот 27-01-2026 01.07.12.png
Jarayon tugagandan keyin dastur bilan ishlashni davom ettiring.
Muhim: agar savatchada saqlanmagan buyurtmalar bo‘lsa, prays-listlarni yangilash vaqtida ular o‘chib ketishi mumkin. Shuning uchun avval buyurtmani yakunlash yoki saqlab qo‘yish tavsiya etiladi.

3-qadam. Dorixona ehtiyojini hisoblash

F-Summary dorixonada qaysi mahsulotlar tugayotganini va qancha buyurtma qilish kerakligini hisoblashga yordam beradi.
Bu funksiya oxirgi davrdagi savdo va hozirgi qoldiq ma’lumotlariga qarab tavsiyaviy buyurtma miqdorini ko‘rsatadi.
Bajarish tartibi:
Dastur yuqori qismidagi “Расчет” tugmasini bosing:
Скриншот 27-01-2026 01.12.18.png
Ochilgan oynada necha kunlik savdoni tahlil qilish kerakligini belgilang.
Odatda 10 kunlik savdo tanlanadi.
Скриншот 27-01-2026 01.14.03.png
Dastur savdo tarixini va qoldiqni hisoblaydi.
“Потребность” ustunida qancha buyurtma qilish kerakligi ko‘rinadi.
Скриншот 27-01-2026 01.16.01.png
Tizim sizning oxirgi 10 kundagi savdangizni o‘rganadi, hozirgi ombor qoldig‘ingizni ayirib tashlaydi va sizga "Потребность" (Ehtiyoj) ustunida buyurtma qilinishi kerak bo‘lgan tavsiyaviy miqdorni ko‘rsatadi.
Hisoblash tugagandan keyin “OK” tugmasini bosing.
Скриншот 27-01-2026 01.16.35.png
Agar “Готова” yozuvi avtomatik chiqmasa, pastdagi F-Summary ikonkasiga bir marta bosing. Keyin “OK” tugmasini bosib, ishni davom ettiring.

4-qadam. Asosiy ishchi panellarni tushunish

F-Summary ekrani bir nechta asosiy bloklardan iborat.
Har bir blok alohida ma’lumotni ko‘rsatadi va xarid qarorini tayyorlashga yordam beradi.

Chap blok

Chap blokda faol distribyutorlar ro‘yxati ko‘rinadi:
Скриншот 27-01-2026 01.21.35.png
Bu yerda siz:
qaysi distribyutorlar mavjudligini ko‘rasiz;
hudud yoki tanlangan distribyutor bo‘yicha saralash qilasiz;
doimiy ishlaydigan distribyutorlarni ajratib olasiz.

Markaziy blok

Markaziy blokda dorixonadagi mahsulotlar ro‘yxati ko‘rinadi:
Скриншот 27-01-2026 01.22.42.png
Bu yerda siz:
mahsulot nomini qidirasiz;
dorixona assortimentidagi mahsulotlarni ko‘rasiz;
qoldiq, savdo va ehtiyoj ma’lumotlarini tekshirasiz;
buyurtma kerak bo‘lgan mahsulotlarni aniqlaysiz.

O‘ng blok

O‘ng blokda tanlangan mahsulot bo‘yicha distribyutorlar narxlari ko‘rinadi.
Скриншот 27-01-2026 01.24.20.png
Bu yerda siz:
qaysi distribyutorda mahsulot borligini ko‘rasiz;
narxlarni solishtirasiz;
eng arzon yoki qulay variantni tanlaysiz;
yaroqlilik muddati va referent narxni tekshirasiz.
Odatda eng arzon narxlar ro‘yxatning yuqori qismida ko‘rinadi.

Pastki blok

Pastki blokda tanlangan mahsulotning dorixonadagi harakati ko‘rinadi.
Скриншот 27-01-2026 01.36.59.png
Masalan:
oxirgi 10 kunda qancha sotilgan;
oxirgi 30 kunda qancha sotilgan;
oxirgi 180 kunda qancha sotilgan;
hozir qancha qoldiq bor;
qancha buyurtma qilish tavsiya etilgan.
Скриншот 27-01-2026 01.35.03.png

5-qadam. Hudud va distribyutorlarni saralash

F-Summary’da faqat kerakli hududdagi yoki siz ishlaydigan distribyutorlarni ko‘rish mumkin.
Bu katta ro‘yxat ichidan kerakli distribyutorlarni tezroq topishga yordam beradi.

Hududni tanlash

Bajarish tartibi:
Yuqori paneldagi hudud tanlash joyini oching.
Скриншот 27-01-2026 01.39.09.png
Kerakli hududni tanlang.
Скриншот 27-01-2026 01.40.32.png
Masalan, “Город Ташкент” hududini tanlash mumkin.
Dastur shu hududga tegishli distribyutorlarni ko‘rsatadi.

Doimiy ishlaydigan distribyutorlarni tanlash

Agar siz faqat ma’lum distribyutorlar bilan ishlasangiz, ularni “Избранное” ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish mumkin.
Bajarish tartibi:
Yuqori paneldan “Настройка” bo‘limiga kiring:
Скриншот 27-01-2026 01.43.20.png
“С кем я работаю” bo‘limini oching:
Скриншот 27-01-2026 01.44.29.png
Avval barcha distribyutorlar bo‘yicha belgilarni olib tashlang:
Скриншот 27-01-2026 01.45.30.png
O‘zingiz doimiy ishlaydigan distribyutorlarni tanlang.
Скриншот 27-01-2026 01.46.54.png
Kerakli distribyutor ustiga o‘ng tugma bilan bosing.
Скриншот 27-01-2026 01.48.16.png
“Добавить в избранных” buyrug‘ini tanlang.
Keyingi ishlarda “Избранное” filtri orqali faqat tanlangan distribyutorlarni ko‘rishingiz mumkin.
Скриншот 27-01-2026 01.49.58.png
Скриншот 27-01-2026 01.52.41.png

6-qadam. Mahsulotlarni qidirish va narxlarni solishtirish

Kerakli mahsulotni topish uchun markaziy oynada qidiruvdan foydalaniladi.
Bajarish tartibi:
Markaziy oynaga o‘ting.

Klaviatura tilini rus tiliga o‘tkazing.
Mahsulot nomini yozing:
Скриншот 27-01-2026 01.55.41.png
Masalan: “Папаверин”.
Kerakli mahsulotni ro‘yxatdan tanlang.
Скриншот 27-01-2026 01.58.01.png
O‘ng blokda shu mahsulot bo‘yicha distribyutorlar narxini solishtiring.

Mahsulotlarni guruhlash

F-Summary bir xil nom, doza, qadoq va chiqarilish shakliga ega mahsulotlarni guruhlab ko‘rsatishi mumkin.
Bu foydalanuvchiga bir xil turdagi mahsulotlarni bir joyda ko‘rib, narx va ishlab chiqaruvchi bo‘yicha solishtirish imkonini beradi.
Masalan:
bitta mahsulot bir nechta zavodda ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin;
import mahsulotlar alohida ko‘rinishi mumkin;
mahalliy ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha variantlar alohida ko‘rinishi mumkin.
Guruhlashning maqsadi — bir xil turdagi mahsulotlarga ortiqcha pul bog‘lab qo‘ymaslik va xaridni aniqroq qilish.

7-qadam. Referent narxni tekshirish

Ayrim mahsulotlarda davlat tomonidan belgilangan referent narx mavjud bo‘lishi mumkin.
F-Summary bunday mahsulotlar bo‘yicha narxni ko‘rsatadi.
Agar o‘ng oynada narx qizil rangda ko‘rinsa, bu narx davlat belgilagan maksimal narxdan yuqori bo‘lishi mumkinligini bildiradi.
Bunday holatda xarid yoki narx belgilash bo‘yicha ehtiyotkor qaror qabul qilish kerak.
E’tibor beriladigan ma’lumotlar:
dorixona uchun referent narx;
Скриншот 27-01-2026 02.12.59.png
distribyutor uchun referent narx;
qizil rangdagi ogohlantirish;
mahsulotning real sotuv narxiga ta’siri.

8-qadam. Qo‘lda buyurtma berish

Agar sizga aniq bir mahsulotni aniq bir distribyutordan olish kerak bo‘lsa, qo‘lda buyurtma berishdan foydalaniladi.
Bajarish tartibi:
Markaziy oynadan kerakli mahsulotni qidiring.
O‘ng blokda distribyutorlar narxini ko‘ring.
Ma’qul distribyutor qatorini tanlang.
Klaviaturadan “Enter” tugmasini bosing:
Скриншот 27-01-2026 02.21.39.png
Ochilgan oynaga kerakli miqdorni kiriting:
Скриншот 27-01-2026 02.23.53.png
Yana “Enter” tugmasini bosing.
Mahsulot savatchaga qo‘shiladi.
Скриншот 27-01-2026 02.25.24.png
Скриншот 27-01-2026 02.27.07.png
Bu usul xarid bo‘yicha mas’ul xodimga buyurtmani qo‘lda nazorat qilish imkonini beradi.


9-qadam. Avto-zakaz funksiyasidan foydalanish

Avto-zakaz funksiyasi ehtiyojdagi mahsulotlarni avtomatik yig‘ib, savatchani shakllantirishga yordam beradi.
Bajarish tartibi:
Avval prays-listlarni yangilang.
Keyin dorixona ehtiyojini hisoblang.
Kerakli hudud va distribyutor filtrlarini sozlang.
Yuqori paneldagi “Автозаказ” tugmasini bosing.
Скриншот 27-01-2026 02.30.46.png
Dastur tanlangan distribyutorlar orasidan kerakli mahsulotlarni topadi.
Mahsulotlar savatchaga qo‘shiladi.

Savatchani ochib, buyurtmani tekshiring.
Muhim: avto-zakaz yakuniy qaror emas. Savatchadagi mahsulotlar, miqdorlar, narxlar va distribyutorlar foydalanuvchi tomonidan tekshirilishi kerak.

10-qadam. Savatchani tahrirlash

Avto-zakaz yoki qo‘lda tanlangan mahsulotlar savatchaga tushadi.
Savatchada buyurtmani yakuniy tekshirish va tahrirlash mumkin.

Miqdorni o‘zgartirish

Bajarish tartibi:
“Корзина” bo‘limiga kiring.
Скриншот 27-01-2026 02.32.57.png
Kerakli mahsulot qatorini tanlang.
“Enter” tugmasini bosing.
Yangi miqdorni kiriting.
Скриншот 27-01-2026 02.33.51.png
Tasdiqlang.

Mahsulotni o‘chirish

Agar savatchadagi mahsulot kerak bo‘lmasa, uni o‘chirib tashlash mumkin.
Bajarish tartibi:
Kerak bo‘lmagan mahsulot qatorini tanlang.
Скриншот 27-01-2026 02.34.39.png
Klaviaturadan “Delete” tugmasini bosing. Yoki sichqonchaning on tarafini bosib “Otmenit” tugmasini bosing:
Скриншот 27-01-2026 02.38.51.png
Agar tasdiqlash oynasi chiqsa, amalni tasdiqlang.
Mahsulot savatchadan o‘chiriladi.

11-qadam. Buyurtmani Excelga eksport qilish

Buyurtmani distribyutorga yuborish uchun uni Excel formatiga eksport qilish mumkin.
Bajarish tartibi:
“Корзина” bo‘limiga kiring.
image.png
Chap tomonda kerakli distribyutor nomini tanlang.
Distribyutor nomi ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
“Экспорт в Excel” buyrug‘ini tanlang.
Скриншот 27-01-2026 02.47.12.png
Excel fayl ochiladi.
Скриншот 27-01-2026 02.48.18.png
Faylni kerakli joyga saqlang.
Скриншот 27-01-2026 02.50.07.png
Скриншот 27-01-2026 02.55.28.png
Скриншот 27-01-2026 02.57.30.png
Faylni Telegram yoki boshqa aloqa kanali orqali distribyutorga yuboring.

12-qadam. Buyurtmani saqlash

Savatchadagi buyurtmalar prays-list yangilanganda o‘chib ketishi mumkin.
Shuning uchun muhim buyurtmalarni saqlab qo‘yish kerak.
Bajarish tartibi:
“Корзина” bo‘limiga kiring.
Kerakli distribyutorni tanlang.
Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing.
“Сохранить заказ” buyrug‘ini tanlang.
Скриншот 27-01-2026 03.04.50.png
Buyurtma saqlanadi va reyestrga(”Реестр заказов”) o‘tadi.
Muhim: savatchada miqdorni o‘zgartirish mumkin, lekin saqlangan buyurtma ichida miqdorni o‘zgartirish imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun buyurtmani saqlashdan oldin miqdorlarni diqqat bilan tekshiring.

13-qadam. “Реестр заказов” bilan ishlash

Saqlangan buyurtmalar “Реестр заказов” bo‘limida ko‘rinadi.
Bu bo‘lim buyurtmalarni yo‘qotmaslik va keyinchalik qayta ishlatish uchun kerak.
Bajarish tartibi:
“Реестр заказов” bo‘limiga kiring.
Скриншот 27-01-2026 03.06.12.png
Kerakli buyurtma hujjatini tanlang.
“Enter” tugmasi orqali hujjatni oching.
Kerak bo‘lsa “Утвердить” tugmasini bosing.
Скриншот 27-01-2026 03.08.47.png
Buyurtmani Excelga eksport qiling.
Faylni distribyutorga yuboring.
Saqlangan buyurtmalar prays-list yangilanganda o‘chib ketmaydi.

Foydali filtrlar bilan ishlash

F-Summary’da xaridni aniqroq qilish uchun bir nechta foydali filtrlar mavjud.

Muddati kam mahsulotlar

Agar prays-listda mahsulot muddati qizil rangda ko‘rinsa, bu mahsulotning yaroqlilik muddati kam qolganini bildirishi mumkin.
Bunday mahsulotlarni xarid qilishdan oldin ehtiyotkorlik bilan tekshirish kerak: ​
Скриншот 27-01-2026 03.13.26.png

“Ни заказано” filtri

Bu filtr ehtiyojda bor, lekin hali buyurtma qilinmagan mahsulotlarni ko‘rsatadi.
Masalan, ehtiyoj ro‘yxatida 250 ta mahsulot bo‘lsa, siz tanlangan distribyutorlardan 200 tasini topdingiz. Qolgan 50 ta mahsulotni “Ни заказано” orqali ko‘rib, boshqa distribyutorlardan qidirishingiz mumkin.
Want to print your doc?
This is not the way.
Try clicking the ··· in the right corner or using a keyboard shortcut (
CtrlP
) instead.