🖥️ F-Analytics va F-Global Analytics:
Dorixona Biznesini Boshqarish va Tahlil Qilish Bo‘yicha To‘liq Qo‘llanma
Ushbu yo‘riqnoma dorixona mudirlari va rahbarlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u dorixonadagi barcha savdo jarayonlarini raqamli tahlil qilish, qoldiqlarni (остатка) boshqarish, muzlab yotgan pullarni aniqlash va kelajakdagi xaridlarni rejalashtirish uchun xizmat qiladi.
1. 🔑 Dasturga Kirish va Avtorizatsiya
Dastur bilan ishlashni boshlashdan oldin, siz o‘zingizga tegishli dastur turini tanlashingiz lozim:
F-Analytics: Agar dorixonangiz bitta bo‘lsa, ushbu dasturdan foydalanasiz. F-Global Analytics: Agar sizda dorixonalar tarmog‘i (setevoy) bo‘lsa, barcha filiallarni yagona markazdan nazorat qilish uchun ushbu dasturga kirasiz. Kirish jarayoni:
Ish stolida joylashgan dastur belgisini sichqoncha bilan ketma-ket ikki marta tez-tez bosing. Ochilgan oynada sizga taqdim etilgan Login va Parolni tering. Tizim ma’lumotlarni yuklab olgach, tahliliy bosh oyna ochiladi. 2. 📊 Asosiy Dashboard: Umumiy Holat va Diagrammalar
Dastur ochilishi bilan dorixonangizning hayotiy muhim ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib beradi:
💰 Jami qoldiq summasi (Ostatok): Ekranning o‘ng pastki qismida hozirda dorixonangizda mavjud bo‘lgan barcha tovarlarning jami summasi aks etadi. Videodagi real misolda dorixonada 371 million so‘mlik jami qoldiq (ostatka) mavjudligi ko‘rsatilgan. 📈 Oxirgi 30 kunlik savdo hajmi: Qoldiq summasining yonida oxirgi bir oy (30 kun) davomida amalga oshirilgan umumiy savdo hajmi chiqadi. Misolimizda bu summa 159 million so‘mni tashkil etmoqda. 📉 Savdo Diagrammasi: Ekranning markazida savdoning kunbay dinamikasi aks etadi. Bu yerda siz har bir sana bo‘yicha savdoning ko‘tarilishi va tushishini kuzatishingiz mumkin. Masalan, 30-sentabrdagi holat, 1-oktabrda savdo sezilarli o‘sgani, 2-oktabrda biroz pasayib, 3-oktabrda yana yuqoriga qarab o‘sganini diagramma orqali aniq tahlil qilish mumkin. 🔴 O‘rtacha savdo chizig‘i (Qizil chiziq): Diagrammaning oq maydonidagi o‘rtacha qizil chiziq — bu dorixonaning bir kunlik o‘rtacha savdosini anglatadi. Agar 30 kunlik savdo 159 mln bo‘lsa, tizim buni kunlarga bo‘lib, o‘rtacha bir kunda 5 million so‘mdan oshiqroq savdo bo‘layotganini hisoblab beradi. 3. 🅰️🅱️🆂 ABC Analiz: Savdoni Toifalarga Bo‘lish
ABC Analiz — bu savdoni aqlli boshqarish bo‘limi bo‘lib, u dorixonangizdaki barcha mahsulotlarni savdo hajmidagi o‘rniga qarab 3 ta asosiy toifaga ajratadi:
Kategoriya A: Bu sizning umumiy 159 millionlik savdongizning 20 foizini ta’minlovchi eng xaridorgir va top-tovarlardir. Bular dorixonaning “yuragi” bo‘lib, ularning qoldig‘ini har kuni tekshirishingiz shart. Agar bu tovarlar nolga tushib qolsa, dorixona umumiy foydasidan mahrum bo‘ladi. Kategoriya B: Umumiy savdoning navbatdagi 30 foizini tashkil etuvchi dorilar. Kategoriya C: Qolgan 50 foiz savdoni olib keluvchi, nisbatan sekinroq aylanadigan tovarlar. Natijalarni ko‘rish:
Yuqoridagi kalendar orqali tahlil qilinadigan muddatni tanlaysiz (masalan: 30.09 dan 30.10 gacha). Chap burchakdagi “Obnovit” (Yangilash) tugmasini bosing. Dastur sizga 30 kunlik savdo (159 mln), sof foyda (21 mln) va umumiy sotilgan dori turlari (1085 xil dori) haqida aniq raqamlarni chiqarib beradi. 4. 🏆 Reyting Tizimi: 5 Qismli Chuqur Tahlil 📈
Agarda ABC analiz tahlili sizga savdoni 3 ta guruhga bo‘lib bergan bo‘lsa, Reyting bo‘limi butun 100 foizlik savdongizni 5 ta teng qismga (har biri 20 foizdan) ajratadi.
“Обновить” tugmasini bosganingizda, tizim sizga A, B, C, D va F toifalari bo‘yicha eng ko‘p sotilayotgan, eng katta hajmli va eng top tovarlaringiz tahlilini chiqaradi. Bu orqali siz dorixonangizni qaysi dori guruhlari “ko‘tarib” turganini yanada aniqroq tushunasiz. G - Guruhiga mansub dorilarni ushbu davr mobaynida savdosi bo`lmagan 5. 📅 Планирование (Rejalashtirish): Aqlli buyurtma Tizimi
Ushbu funksiya dorixonaga keragidan ortiqcha dori olib kelmaslik yoki aksincha, eng zarur dorilarning tugab qolishining oldini olish uchun ishlab chiqilgan.
“ Надо купить” (Sotib olish kerak) ustuni: Bu eng muhim ustunlardan biri bo‘lib, kelasi oy uchun aynan nechtadan dori zakaz qilish kerakligini raqamlarda ko‘rsatadi. 💡 Misol (20 ml shprits): Agarda hozirda 20 ml-lik shprits qoldig‘i 0 bo‘lsa-yu, lekin o‘tgan oyda undan 28 ta sotilgan bo‘lsa, dastur kelasi oy uchun ehtiyojingiz yana 28 ta ekanini bildiradi va uni sotib olishingizni so‘rab «belgi» beradi. 💡 Misol (Infuzion sistema): Agarda bir partiyadan 100 ta sotilgan bo‘lsa, dastur kelasi oy uchun yana 100 ta olishni rejalashtirib beradi. ⚙️ F-Summary bilan farqi: F-Summary faqat prays-listlardagi dorilarga qarab ehtiyoj chiqarsa, Planirlovaniye funksiyasi hatto prayslarda dori bo‘lmasa ham, sizning shaxsiy savdo tarixingizga qarab aniq ehtiyojni chiqarib beradi. 📗 Excelga Eksport va Filtrlash Sirlari:
Dasturdagi barcha hisobotlarni Excelga o‘tkazish mumkin: Yuqori chap burchakdagi Excel tugmasini bosing. Excelda “Nado kupit” ustunidagi filtrni ochib, 0 (nol) raqamini olib tashlang. Shunda sizning qo‘lingizda faqatgina bugun sotib olishingiz shart bo‘lgan dorilarning tayyor ro‘yxati qoladi. 6. 🛋️ «Лежебоки» (Harakatsiz Tovar): “Muzlagan” Pullar Tahlili
“«Лежебоки» ” hisoboti dorixonada uzoq vaqtdan beri harakatsiz yotgan, o‘lik ostatkalarni aniqlashda eng muhim rolni o‘ynaydi.
Vazifasi: Masalan, tepadagi kalendardan 1-avgustdan bugungi sanagacha filtr qo‘ysangiz, tizim shu vaqt ichida bitta ham sotilmagan dorilar ro‘yxatini chiqaradi. Iqtisodiy tahlil: Videodagi misolda 21 million so‘mlik dori umuman harakatsiz yotgani ko‘rsatilgan. Masalan, «Айкрол» yoki “Алендара” dorilari avgustdan beri sotilmay turibdi. Dastur dorining prixod (kirim) narxi va sotuv narxini ko‘rsatadi. Siz prixod narxida qancha pulingiz dorixonada muzlab yotganini (misol: 112 000 so‘m) ko‘rib, uni tezroq boshqa filialga o‘tkazish yoki qaytarish chorasini ko‘rasiz. 7. 📋 Оборотная ведомость по товару (Aylanish Hisoboti) 🔄
Bu bo‘lim ma’lum bir muddat ichida har bir dori vositasining "hayot yo‘li"ni batafsil ko‘rsatib beradi.
Filtrlash: “Отчеты» bo‘limidan **«Оборотная ведомость по товару»**ni tanlaysiz va kerakli sanalarni (masalan, 30.09 dan 30.10 gacha) belgilab, Excelga yuklaysiz. Остаток на начало: Davr boshida (30-sentabrda) doridan necha dona bo‘lgan. Prixod: Shu bir oy ichida necha dona yangi dori kelgan. Rasxod: Bu ustun dori vositasining umumiy chiqimini anglatadi. Bunga nafaqat продажа (sotuv), balki списание (brak yoki muddati o‘tgan dorilar) yoki boshqa filialga o‘tkazish (перемещение ) ham kiradi. Ya’ni dori “keldi va ketdi” hisoboti. Остаток на конец: Davr yakunida doridan necha dona qolganligi. 8. 🔄 Оборачиваемость: Tovar Aylanish Tezligi va Bashoratlar
Ushbu bo‘lim dorining dorixonangizda necha kunda sotilib tugashi haqida aniq bashorat beradi:
💡 Misol (Адэтта): Kirim 20 ta , Sizda 15 ta qolgan . 5 ta sotuv va bu sotuv uchun 20 kun ketgan , Dastur buni hisob-kitob qilib, qolgan 15 tasi yana 60 kun ichida sotilib tugashini Прогноз (tahmin) qiladi. Bu tahlil sizga tovar zaxirasini qachon va qancha miqdorda to‘ldirish kerakligini aniq aytib beradi. 9. 🚚 Обороты поставщиков: Yetkazib Beruvchilar Tahlili
Qaysi yetkazib beruvchi (firma) bilan ishlash dorixonangiz uchun samarali ekanini aniqlash imkonini beradi:
Siz Grand Farm, Asklepiy, Meros Farm kabi distribyutorlardan qancha ostatka borligi (kirim summasida) va (sotuv summasida) ulardan bir oy ichida qancha savdo bo‘lganini solishtirasiz. Xulosa: Agar bironta postavshikdan 5 millionlik tovar yotgan bo‘lsa-yu, lekin oylik savdosi atigi 500 ming bo‘lsa, u firma menejeriga “tovarlaringiz yurmayapti, bular muzlab yotgan dori-pullar” deb, qoldiqlarni to‘g‘rilashni talab qilishingiz mumkin. 10. 📊 Dinamika Prodaj (Sotuv Dinamikasi) 💹
Vazifasi: “Dinamika prodaj” bo‘limiga kirsangiz, dastur sanalarni pastdan yuqoriga qarab tahlil qiladi. Yashil ustunlar: Har bir kun davomida nechtadan chek urilganini, ya’ni mijozlar sonini ko‘rsatadi. Siyohrang ustunlar: Kunlik savdo hajmi va olingan foydani aks ettiradi. Bu ma’lumotlar dorixonaning eng gavjum kunlarini aniqlashga va ish grafigini to‘g‘ri taqsimlashga yordam beradi. 11. 📉 Dinamika Ostatkov (Qoldiqlar Dinamikasi) 📦
Assortiment dinamikasi (Yashil rangda): Har kuni dorixonada necha xil dori turi mavjudligini kuzatasiz. Summa dinamikasi (Qizil rangda): Ostatkaning umumiy summasi prixod (kirim) narxida qanday o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. 💡 Misol: Agar 30-sentabrda ostatka 271 million (kirim summa) bo‘lib, 4-oktabrda 290 millionga (Приход сумма) chiqsa, demak shu kunlari yangi tovar kirim qilingan. 12. 🏢 Tarmoqli (сетевых ) Dorixonalar uchun
F-Global Analytics Tahlili
Agarda sizda dorixonalar tarmog‘i bo‘ladigan bo‘lsa, F-Global Analytics dasturi sizga barcha filiallarni masofadan turib, yagona markazdan turib tahlil qilish imkoniyatini beradi.
🏢 Filiallarni tanlash : Dasturning o‘rtasida joylashgan maxsus funksiya orqali siz barcha filiallaringiz ro‘yxatini ko‘rasiz. Bu yerda siz xohlagan “Filial 1”, “Filial 2” yoki **“Sklad”**ni tanlab olishingiz mumkin. 📈 Har bir filial bo‘yicha alohida tahlil: Ma’lum bir filialni tanlaganingizdan so‘ng, dasturdagi barcha tahlillar (ABC analiz, Ostatka, Prodaja va Lezheboki) aynan o‘sha tanlangan filial uchun maxsus ko‘rinishda shakllanadi. 💡 Misol uchun: Agar siz "Filial 1"ni tanlasangiz, ekranda faqat birinchi filialning oxirgi 30 kunlik savdo hajmi va aynan o‘sha dorixonadagi qoldiqlar summasi aks etadi. Bu rahbarga filiallarning ish unumdorligini bir-biri bilan solishtirish imkonini beradi. 📑 Markazlashgan ABC Analiz: Siz barcha filiallar uchun umumiy yoki har bir filial uchun alohida ABC tahlilini olishingiz mumkin. Bu orqali qaysi filialda “Kategoriya A” (top-tovarlar) yaxshi sotilayotgani yoki qaysi filialda ostatka ko‘payib ketganini aniqlash juda oson. 📦 Filiallararo Ostatka Nazorati: Tarmoqli dorixonalar uchun bu juda muhim. Agar bitta filialda bironta dori «лежебокой» (sotilmayotgan dori) bo‘lib turgan bo‘lsa,
siz F-Global Analytics orqali buni ko‘rib, o‘sha dorini savdosi chaqqonroq bo‘lgan ikkinchi filialga o‘tkazish tahlilini qila olasiz. Bu esa pulning dorixonada muzlab qolishini oldini oladi. 13. 🌸❄️ Сезонный контроль (Mavsumiylik) Nazorati
Dastur raqamlarni bersa-da, farmatsevtik tajribani ishga solish shart:
Bahorda: Allergiya dorilari (антигистамин) savdosi oshadi. May oyida ularni sotib olishini kamaytirish kerak, chunki mavsum tugayapti. Dastur o‘tgan oylardagi savdo sonlariga qarab tahlil beradi, lekin siz kelajakdagi mavsumiy o‘zgarishlarni inobatga olib ostatkani boshqarishingiz kerak. 🏁 Yakuniy Xulosa
F-Analytics va F-Global Analytics dasturlari dorixona biznesida:
Barcha ostatkalarni va prodajalarni nazorat qilishda; Muzlab yotgan mablag‘larni aniqlashda; Kelasi oy uchun savdo rejasini tuzishda va foydani oshirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu ma’lumotlarni sizlarga Izzatilla Maksudov taqdim etdi.
📞 Texnik yordam va savollar uchun: +998 (71) 207-08-08 (FOM - Future Online Media)
Dorixona biznesingizda omad va baraka tilaymiz!