📖 Dorixonada mavjud bo`lgan Eski (Остатка)ni
kiritish bo'yicha maksimal darajada to'liq yo'riqnoma
(Ostatka Prixod) F-Apteka dasturida
👋 "Ostatka prixod" nima va u nima uchun kerak?
Bu uzoq vaqtdan beri ishlayotgan, lekin hisob-kitob uchun F-Apteka dasturini endi o'rnatgan dorixonalar uchun maxsus yo'riqnoma.
Bu jarayonning maqsadi — dorixonadagi barcha mavjud tovarlarni dasturga to'g'ri
va maksimal darajada tez kiritish (qabul qilish).
Shundan so'ng siz aniq hisob-kitob yuritishni boshlashingiz, haqiqiy qoldiqlarni ko'rishingiz va kassadan tovarlarni to'g'ri sotishingiz mumkin bo'ladi.
1-qism: Dasturga kirish va maxsus nakladnoy yasash
1.1-qadam: Dasturni ochish va tizimga kirish
🖥️ Ko`rsatma: Kompyuteringizning ish stolida F-Apteka ikonkasini (kichik rasmni) toping va sichqonchaning chap tugmasi bilan uni ikki marta tez bosing. 🔑 Ma'lumotlarni kiritish: Paydo bo'lgan oynada kirish uchun ma'lumotlaringizni kiriting: «Логин» maydoniga adm deb yozing. «Пароль» maydoniga 123 deb yozing. Shundan so'ng «OK» tugmasini bosing. 1.2-qadam: "Eski qoldiq (остатка)prixod" uchun nakladnoy yasash
➡️ Yo‘riqnoma : Dasturning yuqori qismida «Приход» menyusini tanlang
va keyin ochiladigan ro'yxatda «Новый Приход» tugmasini bosing. 🏢 Ta'minotchini tanlash: Endi siz tovar kimdan "kelganini" ko'rsatishingiz kerak. 💡 Maslahat: Siz o'zingizda mavjud bo'lgan tovarni kiritayotganingiz uchun,
bu holda "ta'minotchi" sizning dorixonangizning o'zi hisoblanadi. «Организация» yozuvi qarshisida ro'yxatdan o'z dorixonangiz nomini tanlang. Agar ro'yxatda sizning dorixonangiz bo'lmasa, uni qo'shish kerak.
Buning uchun ikkita odamcha va plyus belgisi (➕👨💼) tushirilgan tugmani bosing. Tashkilotni o'zingizga qulay va tushunarli qilib nomlang,
toki bu qoldiqlar bilan bog'liq hujjat ekanligini har doim bilib turing. Masalan: «Dorixonaning bor dorilari» «Aptekaning eski ostatkasi» ✏️ Maydonlarni to'ldirish: Наименование va Полное Наименование : Ta'minotchi nomini yozing,
masalan: «Aptekaning eski ostatkasi».
Наименование va Полное Наименование bir xil bo'lishi kerak. INN (STIR): O'z STIR raqamingizni kiriting. Agar STIR raqamingizni bilmasangiz, 123456789 deb yozishingiz mumkin. 📁 Область + Район : Bu yozuv qarshisida Папка 📁 rasmi tushirilgan tugma bor. Muhim: bu yerga yozish mumkin emas, faqat tanlash kerak. Ushbu papkani bosing. Ochilgan oynaning chap jadvalida shahar yoki viloyatni tanlash kerak. Keyin o'ng ro'yxatda tumanni tanlash kerak. (💡 Maslahat: agar ro'yxatda kerakli shahar yoki tuman bo'lmasa, uni sichqonchaning o'ng tugmasini bosish orqali qo'shishingiz mumkin. Tanlash faqat sichqoncha yordamida amalga oshiriladi, Enter tugmasi bu yerda ishlamaydi). ✔️ Harakat: Pastda, «Postavshik» yozuvi yonida, ✔️ belgisini qo'ying. Bu juda muhim qadam! ℹ️ Ma'lumot: Qolgan ma'lumotlarni, agar kerak bo'lsa, tegishli ustunlarga yozing. Bu ustunlar — asosiy. 💾 Saqlash: «Сохранить» tugmasini bosing (ko'k disketa 💾 rasmi tushirilgan tugma). Qolgan maydonlarni rasmdagi kabi to'ldiring. 2-qism: Qoldiqlarni kiritish jarayoni (Подбор)
2.1-qadam: Ishga tayyorgarlik
🖱️ Yo‘riqnoma: Asosiy ish rejimiga o'tish uchun katta «Подбор» tugmasini bosing.
💡 Ishni tashkil etish bo'yicha maslahat: Hech narsani unutib qoldirmaslik va chalkashib ketmaslik uchun, dorilarni qaysi javon(Полка) yoki vitrinadan boshlab qabul qilishni belgilab oling.
Bir xil tovarni ikki marta kiritmaslik uchun ketma-ket, javonma-javon (по полками) harakat qiling . 🗂️ 1. Yuqori oyna qismi — bu tovar qabul qilish uchun shablonlar (barcha tovarlarning umumiy bazasi). 📝 2. Pastki oyna qismi — bu sizning joriy hujjatingiz, kartochkani to'ldirganingizdan so'ng tovarlar shu yerga qo'shiladi. 2.2-qadam: Tovarlarni dasturga qo'shish
💊 Yo‘riqnoma : Bir xil dorilar guruhidan (masalan, Lorista 50mg tab №28 to'plamidan)
skanerlash qulay bo'lishi uchun bir donadan oling. 📠 Skanerlash: Skanerda shtrix-kod yoki markirovka kodini o'tkazing.
Skanerlashdan so'ng oynaning yuqori qismida topilgan tovar paydo bo'ladi. 🧐 Tekshirish: Juda muhim! Dasturdagi va qadoqdagi nomni diqqat bilan tekshiring.
Qo'lingizda ushlab turgan tovar aynan shu ekanligiga ishonch hosil qiling. Maydonlarni bosqichma-bosqich to'ldirish: 📁 «Тип Наценки»: Bu yozuv qarshisidagi papka belgisini bosing, paydo bo'lgan ro'yxatdan «Сумовая » ni tanlang va ENTER tugmasini bosing
(yoki sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta tez bosing). ✔️ «Инвентаризация»: Ushbu bandni toping va unga albatta ✅ belgi qo'ying. 💡 Nima uchun bu belgi shunchalik muhim?
Ushbu belgini bosgandan so'ng, dastur sizdan har bir tovar uchun
kirim narxini kiritishni so'ramaydi. U avtomatik ravishda, standart holatda, sizning sotish narxingizdan 15-20% olib tashlab kirim narxini o'zi hisoblab chiqadi.
Bu yuzlab pozitsiyalarni kiritishda juda ko'p vaqtni tejaydi. 🔢 «Кол-во» (Miqdori): Bu yozuv qarshisida ikkita katakchani ko'rishingiz mumkin: Birinchi katakcha — butun pachkalarni kiritish uchun. Ikkinchi katakcha — donalarni (alohida tabletkalar, ampulalar va h.k.) kiritish uchun. (Miqdorni kiritish bo'yicha batafsil ma'lumot keyingi qadamda). 📦 Agar faqat pachkalar qolgan bo'lsa:
Ularning sonini birinchi katakchaga (pachkalar uchun maxsus) yozing. 💊 Agar faqat donalar qolgan bo'lsa: Ularning sonini ikkinchi katakchaga (donali tovarlar uchun) yozing. 📦+💊 Agar ham pachkalar, ham donalar bo'lsa: Ikkala katakchani ham to'ldiring. 🚀 💡 Tezlashtirish uchun foydali maslahat: Pachkalar va donalar katakchalari o'rtasida tez o'tish uchun, pachkalar sonini kiritganingizdan so'ng, darhol klaviaturadagi «+» tugmasini bosing.
Kursor bir zumda donalar uchun katakchaga o'tadi. Bu sichqoncha bilan ishlashdan ancha tezroq. ⌨️ Miqdorni kiritish: Miqdorni kiritganingizdan so'ng, ENTER tugmasini bosing.
Kursor (miltillovchi chiziqcha) avtomatik ravishda sotish narxi maydoniga o'tadi. 💵 «Цена с НДС» (Sizning Maxsulotni Sotish Narxingiz):
Bu maydonga ushbu dorini hozirda xaridorlarga necha puldan sotayotganingizni yozing. Enter: Narxni kiritgandan so'ng albatta ENTER tugmasini bosing. Bu harakat kiritishni tasdiqlaydi. ❗️ MUHIM IZOH: Agar sotish narxini kiritgandan so'ng siz ENTER tugmasini bosmasangiz,
dastur kirim narxini o'zi hisoblab chiqmaydi.
ENTER tugmasini bosish dasturga hisob-kitobni bajarish uchun signaldir. 🏷️ Seriya: Agar kelajakdagi hisob-kitoblar uchun tovar seriyasi haqida ma'lumot kerak bo'lsa, uni yozing. Agar kerak bo'lmasa, bu maydonni o'tkazib yuborish uchun shunchaki ENTER tugmasini bosing. 🗓️ срок годности: (Yaroqlilik muddati): Qadoqqa qarang.
Odatda u yerda oy va yil ko'rsatilgan bo'ladi (masalan, 12/2028). Dasturga kun, oy va yilni kiritish kerak. Agar kun ko'rsatilmagan bo'lsa, har doim 01 deb yozing. Ya'ni, "12/2028" uchun 01.12.2028 deb yozishingiz kerak. Nuqtalarni qo'yish shart emas, dastur ularni o'zi qo'yadi. 💾 Saqlash: Yana bir marta ENTER yoki «Сохранить» tugmasini bosing.
Tovar sizning nakladnoyingizning pastki ro'yxatiga qo'shiladi. ❗️Diqqat! Agar dorida referent narx boʻlsa, referentdan yuqori narx qoʻymang.
💡 Agar narx referent narxdan yuqori boʻlsa nima boʻladi? Agar siz sotish narxini
ruxsat etilgan (referent) narxdan yuqori qoʻysangiz, dastur sizni ogohlantiradi
— tanlovli maxsus oyna paydo boʻladi.
✅ Agar siz «YES» tugmasini bossangiz: Dastur rozi boʻladi va siz koʻrsatgan yuqori narxni qoʻyadi.
🚫 Agar siz «NO» tugmasini bossangiz: Dastur avtomatik ravishda maksimal ruxsat etilgan narxni qoʻyadi. Shundan soʻng sizga faqat bu narxni, agar kerak boʻlsa, yaxlitlash qoladi
(masalan, 50715.29 dan 50700.00 gacha).
Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilish
🤔 Muammo: Dastur referent narxni koʻrsatmayapti yoki notoʻgʻri koʻrsatyapti.
Sabab: Koʻpincha bu tovarning asosiy kartochkasi (shabloni) maʼlumotlar bazasida notoʻgʻri toʻldirilganligi sababli sodir boʻladi. Shablonni toping: Ushbu tovarni umumiy roʻyxatda toping («Podbor» oynasining yuqori qismida). Oʻzgartirish uchun oching: Unga sichqonchaning oʻng tugmasi bilan bosing va «изменить» ni tanlang. Bogʻlanishni tekshiring: 🌐 fom.uz maydoniga qarang. Ehtimol, u boʻsh yoki u yerda FOM bazasidan notoʻgʻri pozitsiya tanlangan. Bogʻlanishni toʻgʻrilang: fom.uz yonidagi papka 📁 tugmasini bosing va tovarni FOM bazasiga toʻgʻri bogʻlang. Barcha maʼlumotlarni tekshiring: Ushbu asosiy kartochka-shablondagi barcha tovar maʼlumotlarining toʻgʻriligiga ishonch hosil qiling. Saqlang: 💾 Сохранить tugmasini bosing. Shundan soʻng tovarni qayta qabul qilib koʻring. Endi referent narx toʻgʻri koʻrsatilishi kerak.
Bazada mavjud boʻlmagan tovarlar bilan ishlash
❓ 1: Tovar topilmadi (yangi shtrix-kod tufayli)
⚠️ Harakat: Agar siz 4607009582412 shtrix-kodini yoki QR-kod markirovkasini oʻtkazsangiz va bu tovar bazada topilmaganligi haqida oyna ochilsa, yangi kartochka kiritishga shoshilmang, chunki baʼzi ishlab chiqaruvchilar oʻramdagi shtrix-kodni oʻzgartirgan boʻlishi mumkin. ❌ Harakat: Ushbu oynadagi x tugmasini bosing va uni yoping. 🔍 Yozib qidirish: "подбор " oynasining yuqori qismiga qarang. U yerda qidiruv uchun koʻk qator bor. Unga sichqoncha bilan bosing va tovar nomini yozishni boshlang,
masalan, анаферон детский таблетка . Hech qanday qidiruv tugmasini bosish shart emas, dastur oʻzi qidiradi. Toping va tanlang: Roʻyxatda sizga kerakli tovar paydo boʻladi. U koʻk rangda ajralib turishi uchun unga sichqoncha bilan bosing. 🖱️ Oʻzgartirish uchun toping: Endi kursorni ushbu ajratilgan qatorga olib boring, sichqonchaning oʻng tugmasini bosing va paydo boʻlgan menyudan «изменить» ni tanlang. Yoki "tezkor tugmalar" dan foydalanishingiz mumkin: klaviaturada Ctrl tugmasini bosing va uni qoʻyib yubormasdan, Enter tugmasini bosing. 📠 Skanerlash: Keyin skanerda yangi shtrix-kod yoki kod markirovkasini skanerlash kerak (agar kod markirovkasini oʻqitsangiz , dastur markirovkadan tovar shtrix-kodini oʻzi ajratib oladi). 💾 Saqlash: Keyin «сохранить» tugmasini bosish kerak. ➕📄 2: Tovar haqiqatan ham bazada yoʻq (yangi kartochka qo`shamiz)
Harakat: Agar siz shablonlar bazasidan kerakli tovarni topmasangiz,
unda yangi kartochka ochishingiz kerak.
Sichqonchaning oʻng tugmasi yordamida «новый» ni tanlang yoki klaviaturada «insert» tugmasini bosing. ✏️ Yangi kartochka maydonlarini toʻldirish (juda diqqat bilan): Торговое название: Oʻramda koʻrsatilganidek, tovarning toʻliq nomini yozing.
Avval nomini, keyin dozasini, chiqarilish shaklini va miqdorini.
Misol: Тивортин раствор для в/в инфузий 4,2% 100мл №1 Номером: Enter tugmasini bosing. Bu yerga oʻramdagi donalar sonini yozing
(masalan, agar 50 tabletka boʻlsa, 50). Bu donalab sotish uchun kerak.
Agar donalab sotmasangiz, 1 deb yozing. 🏢 Производитель: Yozuv qarshisida ikkita tugma bor: «papka» 📁 va «yangi qog`oz» 📄. Papka 📁 orqali kerakli ishlab chiqaruvchini tanlashingiz mumkin.
Kerakli ishlab chiqaruvchi nomini yozing (harflarni tezroq yozish kerak, aks holda qidiruv oʻchib ketadi). Ikki-uch harf yozing va klaviatura strelkalari yordamida qidirishingiz mumkin.
Ushbu roʻyxatda nom rus yoki ingliz harflarida yozilgan,
kompyuter tilini Alt+Shift yoki Ctrl+Shift yordamida oʻzgartirishingiz mumkin.
Agar kerakli ishlab chiqaruvchi topilsa, Enter ↵ tugmasini bosing. Agar kerakli ishlab chiqaruvchi boʻlmasa, «oq qog`oz » 📄 tugmasi yordamida yangisini qoʻshishingiz mumkin (zavod nomi va mamlakatni yozish kerak). 🌐 fom.uz: Yozuv qarshisida «papka» 📁 tugmasini bosing.
Ushbu oyna yordamida kerakli dori preparatini bogʻlash kerak. Agar tovar nomi toʻgʻri yozilgan boʻlsa, avtomatik ravishda variantlar paydo boʻladi. Kursor bilan tanlab, Enter tugmasini bosish kerak.
Agar topilmasa, nomini koʻring, xatoni toʻgʻrilang (hatto yumshatish belgisini yozmasangiz yoki O harfi oʻrniga A yozsangiz ham, qidiruv natijasi notoʻgʻri boʻladi).
Yuqorida toʻgʻri nomni yozing va Enter tugmasini bosing. Agar «составной поиск» va «с подтверждением ENTER» da belgi boʻlmasa, ✅ belgisini qoʻying. 📂 Группа/Под группа: Papka 📁 orqali kerakli tovar shaklini tanlash kerak (shunchaki «procheye tovar» ni tanlashingiz ham mumkin). Oyna ochilgandan soʻng chap oynada guruhni, keyin oʻng oynada podgruppani tanlash kerak. Agar dori boʻlsa, ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СРЕДСТВА va (import yoki sumovoy) ni tanlang. ║▌║█ Shtrix-kod: Skaner orqali shtrix-kod yoki QR-kod markirovkasini oʻtkazasiz. Agar tovarda shtrix-kod boʻlmasa, oʻtkazib yuborishingiz mumkin, dastur avtomatik ravishda oʻzining tasodifiy shtrix-kodini beradi. 🔢 Код ГНИ (MXIK): Bu soliq tashkilotining identifikatsiya kodi.
70% kodlar fom.uz orqali tovar tanlangandan soʻng avtomatik ravishda paydo boʻladi.
Yoki «Код ГНИ» yozuvi qarshisida nom boʻyicha (papka 📁 tugmasi) yoki
tovar shtrix-kodi orqali topishingiz mumkin. Agar dori uchun kerakli MXIK kodi topilmasa, taʼminotchiga murojaat qiling.
Baʼzi dori boʻlmagan tovarlar uchun umumiy kodlar mavjud. Soliq sayti orqali topishingiz mumkin. 🌡️Дополнительно: : Oʻng jadvalda dorini qanday haroratda saqlash kerakligini yozishingiz mumkin (saqlash sharoitlari ...dan ...gacha). Рецептурный товар: Nomi roʻyxatda qalinroq kursorda boʻladi. Arzon apteka: Arzon apteka ilovasi yoki botida koʻrsatishga ruxsat. Проверка Маркировка : Bu belgi, agar siz markirovkasiz tovar sotishga ruxsat bermasangiz, sotuvchilar uchun toʻsiq boʻlishini anglatadi. markirovka kodini skanerga urmasdan sota olishmaydi