Skip to content

Ценники

F-APTEKA Dasturida Narx Belgilarini (Ценник) Chop Etish Bo'yicha Yo'riqnoma

Ushbu yo'riqnoma F-APTEKA dasturida ikki xil usulda — yangi kirim qilingan mahsulotlar va omborda mavjud bo'lgan barcha mahsulotlar uchun narx belgilarini (ценник) chop etishni ko'rsatib beradi.
Muhim eslatma: Narx belgilarini chop etish uchun kompyuteringizga A4 formatda chop etuvchi printer ulangan bo'lishi kerak yoki termoprinter kerak bo`ladi yopishtiriluvchi belgi(ценник)lar uchun

1-usul: Yangi Kirim Qilingan (Приход) Mahsulotlar Uchun Narx Belgilarini Chop Etish

Bu usul yangi qabul qilingan yoki kirim qilinayotgan tovarlar uchun narx belgilarini tezda chiqarish imkonini beradi.
1-qadam: Kirim hujjatini ochish
Yangi tovarlarni kirim qilgandan so`ng печать tugmasini bosing
image.png
2-qadam: "Печать" funksiyasini tanlash
Hujjat oynasining yuqori qismidagi asboblar panelidan "Печать" (🖨️ принтер белгиси) tugmasini bosing va ochilgan menyudan "Ценники" bandini tanlang.
image.png
3-qadam: Chop etiladigan narx belgilari sonini belgilash
"Печать ценников" nomli yangi oyna ochiladi. Bu oynada siz ikki xil usulda miqdorni belgilashingiz mumkin:
(1) Har bir mahsulotdan bir donadan: Agar har bir mahsulot turidan faqat bitta narx belgisi kerak bo'lsa, "Выбрать все по одному" tugmasini bosing.
(2) Har bir mahsulot uchun alohida miqdor: Agar har bir mahsulot uchun o'zingiz xohlagan miqdorda narx belgisi chiqarmoqchi bo'lsangiz, "Кол-во ценников" ustuniga kerakli sonni qo'lda yozib chiqing. Agar biror mahsulot uchun narx belgisi kerak bo'lmasa, uning miqdorini 0 qilib qoldiring.
image.png
4-qadam: Chop etish jarayonini boshlash
Kerakli miqdorlarni kiritib bo'lgach, "Печать" (🖨️ принтер белгиси) tugmasini bosing. A4 format uchun Стандарт 6 tanlash kerak
image.png
5-qadam: Printerni tanlash va chop etish
Standart chop etish oynasi ochiladi. Ushbu oynada ro'yxatdan kerakli printerni tanlang va "ОК" tugmasini bosing. Narx belgilari printerdan chop etiladi.
image.png

2-usul: Omborda Mavjud Barcha Mahsulotlar Uchun Narx Belgilarini Chop Etish

Bu usul omboringizdagi istalgan mahsulot uchun, kirim hujjatiga bog'liq bo'lmagan holda, narx belgilarini chiqarish uchun qo'llaniladi.
1-qadam: "Ценники" bo'limiga o'tish
Dasturning asosiy oynasida, yuqori menyular qatoridagi "Цены" bo'limida joylashgan "Ценники" (🏷️ narx belgisi ko'rinishidagi belgi) tugmasini bosing.
image.png
2-qadam: Chop etiladigan narx belgilari sonini kiritish
"Печать ценников" oynasi ochiladi va unda ombordagi barcha mahsulotlar ro'yxati ko'rsatiladi. Kerakli mahsulotlarni toping va har birining qarshisidagi "Кол-во ценников" ustuniga necha dona kerak bo'lsa, o'sha miqdorni yozing.
image.png
3-qadam: Chop etish
Barcha kerakli mahsulotlar uchun miqdorlar kiritilgach, "Печать" (🖨️ принтер белгиси) tugmasini bosing. Shundan so'ng ochilgan oynada printerni tanlab, "ОК" tugmasi orqali chop eting.
image.png
Want to print your doc?
This is not the way.
Try clicking the ··· in the right corner or using a keyboard shortcut (
CtrlP
) instead.